SMS do`stlik

Ichimga ham sig’masa dardim,
Yo… bu dunyo sinasa sabrim..!
Yaqinlarim bilmasa qadrim,
Menga sodiq sirdosh bo’l do’stim!

Do’stlik o’zi bir shisha,
Sinsa aslo tiklanmas.
Do’sligimiz chin bo’lsa,
Uni hech kim sindirolmas.

Olis hayot yo’llarimda hamrohim,
Yaxshi yomon kunlarimda guvohim.
Dardu alam chog’larimda panohim,
Chin do’stimdan ayirmagin ALLOHIM.

Bir tomchi suvdan favvora bo’lmas,
Do’sti bor inson hech qachon bechora bo’lmas.
Ishongin so’zlarim, rostdir hammasi,
Dunyoda hech bir do’st sendek bo’lolmas.

Agar do’sting yoningda bo’lsa,
Quloq solsa har bir so’zingga,
Yolg’on qo’shmay so’zlaydi u,
Tikka boqib turib ko’zingga.

Baxtli kunimda baxtim baham ko’radi.
G’amgin kunda g’amga sherik bo’ladi.
Yig’lasam yig’laydi kulsam kuladi.
Do’stning eng yaxshisi sizdek bo’ladi…

Bormisiz bu dunyoda mani aziz insonim,
Izlayverib, ahtarib qolmadi-ku madorim.
Qayerda bo’lsangiz ham bahtimga omon bo’ling,
Telefon qilmasangiz ham, shunchaki eslab qo’ying.

Armonli dunyoda xazil qilaman!
Netay iloji yo’q sabr qilaman.
Siz menga imkoniyat bersangiz agar
Sizga do’st bo’lishga vada beraman!

Mexringiz ummondir goh g`arq bo`laman,
So`zsiz darmondir baxtga to`laman.
Sizni sadoqatli do`stim deb bilaman,
Sizni toza qalbingiz uchun yahshi ko`raman.

 

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *