Ranglar uchta asosiy guruhga bo’linadi:
— Issiq — shaftoli, apelsin va marjon ;
— Sovuq — pushti rang;
— Neytral — sarg’ish, jigarrang va terrakota.
Lab bo`yog`ini tanlayotganda bir necha omillarga axamiyat berish kerak:
— Ko’z rangi
— Teri rangi
— Soch rangi
— Tish rangi
— Lablar hajmi
— yosh
— Kun va yoritish vaqti
Ko’z rangi.
Kulrang ko’z egalariga, tabiiy teri rangi va olxo’ri ranglari yarashadi. Sarg’ish-pushti va olcha ranglar – ko`zi ko`klar uchun. Yashil ko`z egalariga terrakota va to’q –qizil sariq rang tavsiya etiladi, jigarrang ko`z egalariga yorqin qizil va pushti ranglartavsiya etiladi. Albatta teri rangini xam xisobga olish zarur.
Teri rangi.
Teri rangi to`q bug`doy rang bo`lsa, shokolad, sharob, qizil, olxo’ri va pastel ranglar yarashadi. Teri rangi oqlarga sarg’ish, marjon va pushti ranglar yarashadi.
Sizga qaysi rang yoqadi, va qaysi firmani lab bo`yog`ini ishlatasiz?
Свежие комментарии