Suyuq sovun tayyorlash(uy sharoitida)

Suyuq sovunni uy sharoitida tayollash aslida juda onson. O`zingiz sovun tayyorlasangiz 100% tabiiy ekanligiga ishonchiz komil bo`ladi va albatta o`zingizni teringizga mos keladigan yog` foizini, sovun xidini tanlaysiz. Suyuq sovunni uy sharoitida tayyorlash uchun ko`p narsa ketmidi, qo`shiladigan barcha masalliqlar odatda uyda bo`ladi.

Ingredientlar:

-Bolalar sovunu(chunki bu sovunda sun`iy moddalar eng kam miqtorda )

-Gliserin-1 choy qoshiq(aptekadan olsa bo`ladi, arzimagan pul turadi)

-Efir moylari(aptekadan olsa bo`ladi, arzimagan pul turadi)

Qo`shimcha ingredientlar:

-Asal(terini yumshatish uchun)

-Dorivor o`tlar qaynatmasi

-Oziq ovqat bo`yoqlari

Tayyorlanishi:

  1. Mayda tishli qirg`ichdan sovunni yarmini o`tkazing
  2. Tayyor bo`lgan massaga 2 stakan qaynagan, issiq suv qo`shing(suv o`rniga ramashka yoki boshqa foydali o`t damlamasini qo`shsangiz bo`ladi)
  3. Aralashmani to`liq eriting
  4. Sovutib, 1 choy qoshiq glitserin qo`shing(glitserin terini mayinlashtiradi)
  5. 3-5 tomchi efir moyi qo`shiladi(tabiizga qarab, man apelsinlik olganman)
  6. 1 choy qoshiq asal qo`shsangiz bo`ladi(asal teringizni yumshatadi)
  7. 2 stakan sovuq suv qo`shing va yaxshilab aralashtiring
  8. Sovunga rang berish uchun oziq ovqatlar uchun ishladiladigan bo`yoqdan foydalansa bo`ladi
  9. Tayyor bo`lgan suyuq sovunni idishlarga bo`shatib qo`ying.

Agar tayyorlagan suyuq sovunga kofe qo`shsangiz tabiiy skrab tayyor bo`ladi. Tayyorlagandan so`ng qanday chiqqani xaqida yozishni unutmang.

 

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *