Xato № 1. Shampun noto’g’ri tanlash
Soch parvarishida to’g’ri shampun tanlash juda muhim ahamiyatga ega. Shampun xarid qilinganda Soch turi katta ro`l o’ynaydi. Noto’g’ri tanlangan mahsulot vaziyatni yomon tarafga kuchaytirishi mumkin.
Xato № 2. Sochlarni ko`p yuvish, tez-tez
Sochlarni qancha voht oralig`ida yuvish xar biro dam uchun individual tanlanadi, albatta soch turi va suv sifatini xisobga olgan xolda.
Xato № 3. Shampundan noto`g`ri foydalanish
Boshimizni yuvishdan oldin, sochlarimizni tarash kerak. Ishlatiladigan shampun miqdori soch uzunligiga bog`liq. Keragidan ortiq shampun ishlatish mumkun emas. Shampuni avval kaftimizda ko`pirtirish kerak, keyin esa soch ildiziga barmoqlarning uchi bilan masaj xarakatlari bilan yuviladi
Xato № 4. Sochlarni noto`gri yumshatish
Sochlar namlikni juda tez yo`qotadi, shuning uchun balzam va maskalar ishlatish kerak. Balzam shampundan keyin yoki shampun bilan birga ishlatiladi. Balzamni sochning uzunligiga suriladi, ammo soch ildiziga surish mumkun emas. Maskalarni esa 1 haftada 1 martadan ko`p ishlatib bo`lmaydi.
Xato № 5. Noto\’g\’ri suv harorati
Ko`pchilik boshini issiq xaroratdagi suvda yuvib juda qo`pol xato qiladilar. Qaynoq suv qazg`oq paydo qilib, yog` bezi ishini kuchaytiradi. Eng ma`quli boshingizni iliq yoki sal issiq suvda yuvish. Boshingizni yuvib bo`lganingizdan keyin esa suv xaroratini ozgina tushirish kerak. Past xaroratdagi suv sochlaringizga jilo beradi.
Xato № 6. Sochlarimizni sochiq yordamida to`g`ri quritamiz
Boshimizni yuvgandan so`ng, sochiq bilan asta sekin artamiz. Sochiqni salla qilib o`rab soch quritish, soch ildiziga zarar yetkazadi.
Xato № 7. Tez-tez va agressiv soch tarash
Bu xato sochlaringizni siyraklashishiga olib keladi. Boshingizni yuvgandan song ozroq quritib soch tarashni boshlang. Xo`l sochlarni tarash sochingizga zarar yetkazadi. Tarayotganda avval soch uchidan boshlab asta sekin tepaga chiqish kerak.
Xato № 8. Ukladka qilish vositalarini tez tez ishlatish
Fen, dazmol va boshqa ukladka qilishga moljallangan vositalar sochdagi suyuqlikni bug`lantiradi, natijada sochlar mo`rt va quruq bo`lib qoladi. Agar doimo bunday vositalardan foydalansangiz sochingiz uzunligi bo`yicha issiqlikdan ximoyalovchi(termozashitniy) pukkagichdan foydalaning.
Xato № 9. Fendan noto`g`ri foydalanish
Birinchi o`rinda, sochlarni fenda quritishdan oldin sochiq bilan yaxshilab artib oling. Fen bilan soch ildizidan boshlab uchiga qarab quritish kerak. Sochingiz nam bo`lganda baland xaroratda quritish mumkun, lekin sekin asta xaroratni pasaytirib borish kerak(sochingiz qurib ketmasligi uchun).
Xato № 10. Noto`g`ri ovqatlanish
Noto`g`ri ovqatlanish, ratsionni noto`g`ri tuzilishi natijasida organizmda vitamin va minerallar miqdori pasayadi. Bu albatta sochlarimizga xam o`z tasirini ko`rsatadi.
Xato № 11. Salomatlikka beetiborlik
Ba`zan soch to`kilishi yoki sochning holatini keskin o`zgarishi organizimdagi kasalliklar natijasida bo`lishi mumkun(oshqozon ichak trakti, qalqonsimon bez, garmonal o`zgarishlar, stress, qandli diabed).
Xato № 12. Bosh kiyimmini unitish
Kepka yoki shlyapa faqat boshingizni emas, sochingizni ham quyosh nuridan, shapka esa sovuqdan saqlaydi. Eng muxumi bosh kiyimni xavo xaroratiga moslab kiyish.
Xato № 13. Taroqni kam yuvish
Taroqimizni xech bo`lmaganda 1 xaftada 1 marta yuvish kerak. Albatta o`z vaqtida yangisiga almashtirish xaqida xam unitmaymiz.
Xato № 14. Kamdan kam xolda soch kesish
Sochimizni 2 oyda 1 marta kesib turish kerak. Soch uchidagi gullagan joylarni kesib, undan xam ko`p gullashini oldini olamiz.
Xato № 15. Sochlarni yoyib uxlash
Uzun soch egalari sochlarini o`rib uxlaganlari maqul. Natijada ertalab sochlaringiz chigal bo`lmaydi.
Свежие комментарии